OILALARDA INTERNETGA TOBELIKNING BUGUNGI KUNDAGI HOLATI
Abstract
Zamonaviy dunyoda internet va raqamli texnologiyalar hayotning ajralmas qismiga aylandi. Ular ta’lim, aloqa va ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirishda muhim rol o‘ynasa-da, ularning oilaviy hayotga ta’siri, ayniqsa, internetga tobelik muammosi jiddiy e’tibor talab qilmoqda. Oilalar ichidagi munosabatlar, ma’naviy-axloqiy muhit va an’anaviy qadriyatlarning saqlanishi bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar va virtual platformalarning haddan ziyod ko‘p ishlatilishi tufayli xavf ostida qolmoqda. Telefonlar, YouTube, Telegram, Instagram va Facebook kabi platformalar oila a’zolarining o‘zaro muloqotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, ko‘pincha yuzma-yuz munosabatlarni kamaytirib, hissiy aloqalarni zaiflashtirmoqda.
Downloads
Published
2025-12-10
How to Cite
Kushakova Nargiza Islambayevna. (2025). OILALARDA INTERNETGA TOBELIKNING BUGUNGI KUNDAGI HOLATI. THE PLACE AND ROLE OF TURKEY AND THE NEAR REGION IN THE PROCESSES OF SCIENTIFIC, SOCIAL, AND CULTURAL DEVELOPMENT, 1(2), 28–31. Retrieved from https://worldconferences.us/index.php/turkey/article/view/732