Zamonaviy davrda Oʻzbekiston kulolchilik maktablarini oʻrganishning tarixiy zarurati
Keywords:
kulolchilik maktablari, hunarmandchilik, madaniy meros, ustoz–shogird anʼanasi, identitet, madaniy xotira, anʼanaviy sanʼat, ijtimoiy institut, Rishton, Gʻijduvon, Xorazm kulolchiligi.Abstract
Mazkur ilmiy maqolada Oʻzbekistonda shakllangan kulolchilik maktablarini zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida oʻrganishning tarixiy, madaniy va ijtimoiy zarurati tahlil qilinadi. Kulolchilik faqat amaliy hunarmandchilik turi sifatida emas, balki mahalliy jamiyatning iqtisodiy tuzilishi, ustoz–shogird anʼanalari, madaniy xotira, estetik qarashlar hamda hududiy identitet bilan uzviy bogʻliq murakkab ijtimoiy-madaniy tizim sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada kulolchilik maktablarining tarixiy shakllanishi, ekologik sharoitlar bilan aloqasi, ishlab chiqarish texnologiyalarining hududiy xususiyatlari hamda mustaqillikdan keyingi davrda hunarmandchilikni davlat miqyosida qoʻllab-quvvatlash jarayonlari yoritiladi. Shuningdek, zamonaviy antropologik va madaniyatshunoslik yondashuvlari asosida kulolchilikni madaniy meros, identitet va ijtimoiy xotira elementi sifatida qayta baholash zarurati asoslab beriladi. Tadqiqot kulolchilik maktablarini o‘rganish nafaqat tarixiy merosni tiklash, balki zamonaviy madaniy rivojlanish, turizm va mahalliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashda ham muhim omil ekanini ko‘rsatadi.