YURTIMIZ TARIXIDA AYOLLARNING YETUKLIKKA INTILISHI, ILMGA BO‘LGAN EXTIYOJ

Authors

  • Ismoilova Nilufar Bahodirovna Urganch Ranch texnologiya universiteti o‘qituvchi-stajyori

Abstract

Yurtimiz tarixida yuz bergan turli jarayonlar millatimiz ayollari taqdiriga ta’sir etmay qolmadi. Ona yurtimiz, millatimiz ravnaqi, ilmu ma'rifati yo'lida jon bergan bobolarimiz va momolarimiz nomlarini takror-takror tilga olgan daqiqalarda ularning ezgu g'oyalari qalbimizda tirilgani sayin o'zimiz ham ana shu buyuk kuch Ona Vatan sha'ni, qadri uchun ilm olishimiz, kurashishimiz, yashashimiz va ijod qilishimiz kerakligini yanada chuqurroq anglay boshlaymiz. Ajdodlarimiz onalarga millat egasi sifatida qarashgan. Axir buyuk insonlarni ilm-ma'rifati yuksak onalar yetishtiradi. Millatimizda katta olima, shoira va faqiha ayollar ko'p bo'lgan. Jadid ayollar mavzusi esa alohida tadqiqotlarni talab qiladi. Eng avvalo, jadid bobolarimiz o'sha zamon kishilari ongida xotin-qizlarga bo'lgan alohida hurmat va ehtirom tuyg'usini uyg'ota bilgan. Ular millat farzandlarini “qo'li to'qmoq, boshi pahmoq” ezilgan ayollar tarbiyalashini istamagan. “Biz qizlarimizga o'g'il bolalardan kam e'tibor qaratmasligimiz kerak”ligini qayta-qayta ta'kidlashgan.

References

1. Jadidchilik islohot yangiilanish, Mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash (Turkiston va Buhoro Jadidchiligi tarihiga yangi chizgilar). Davriy to’plam №1,-T “Sharq”, 1999.

2. “Yangi O‘zbekistonda ayollarning ilm-fan taraqiyoti va innovatsion rivojlanish jarayonidagi o‘rni” mavzusidagi respublika ilmiy-nazariy anjuman BUXORO-2024.

3. http://www.insonhuquqlari.uz/oz/news/m11886

Downloads

Published

2026-01-30

How to Cite

Ismoilova Nilufar Bahodirovna. (2026). YURTIMIZ TARIXIDA AYOLLARNING YETUKLIKKA INTILISHI, ILMGA BO‘LGAN EXTIYOJ. NEW APPROACHES IN EDUCATION: PEDAGOGY, INNOVATION, AND DEVELOPMENT, 2(1), 159–162. Retrieved from https://worldconferences.us/index.php/nae/article/view/869