BADIIY XRONOTOPNING O‘ZBEK NASRIDAGI ILK ILDIZLARI TALQINI
Abstract
Badiiy asardagi makon va zamon, vaqt beliglar, oylar, yillar va uning turli rakurslarda yuzaga chiqish omillari borasida anchayin ilmiy tadqiqotlar boshlab yuborildi. Ushbu tadqiqotlarning aksariyati tarix va hayot haqiqatini uzviylikda olib borish, mumtoz va yangi davr nasridagi an’ana hamda noan’ana orasidagi chegarani aniqlash, milliy romanchilik tizimidagi o‘ziga xosliklarni dalolatlashga qaratilgani sir emas. XV asrdan keyin o‘zbek mumtoz adabiyotidagi janrlar konsepsiyasida bir xillikdan ko‘p xillikka, nasriy asarlarning taraqqiy etishiga katta urinishlar bo‘ldi. Mumtoz adiblarimiz asarlarining badiiy-estetik qiymati, undagi falsafiy-psixologik nuqtalar, odam va olam haqidagi qarrashlar sintezi mavjud muammolarning barham topishiga imkon berdi. O‘z-o‘zidan ayonki, badiiy makon va zamon orasidagi muayyan sodir bo‘ladigan vaqtning intensiv ko‘rinishi yozuvchi yoki shoirlar tomonidan to‘qimalar negizida real mohiyat kasb etdi. Unda har qanday olib chiqilgan rivoyaviy masala teranlashuvi kuzatildi.
References
1. Jo‘raqulov U. Nazariy poetika masalalari. –T: “Gʻ.Gʻulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti”. 2015 .-B.116.
2. Baxtin M. Romanda zamon va xronotop shakllari. –T: “Akademnashr”. 2015. –B. 248-249.