BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHILARINI TARBIYAVIY ISHLARGA TAYYORLASH FUNKSIYALARI
Abstract
Bugungi kunda boshlang‘ich talim muassasalarida o‘qituvchining ustozlik qobiliyatlarini yanada qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ular faoliyatini boshqarish va tashkil etishning maxsus tizimini yaratish, o‘quvchilarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan hurmatni shakllantirish, ularning ma’naviy, axloqiy, intelektual va jismoniy rivojlanishi darajasini yanada oshirish, bilimlarini takomillashtirish asosida ilm-ma’rifat bo‘yicha targ‘ibot tashviqot ishlarini amalga oshirish, o‘quvchi-yoshlarni kamolotga yetkazish o‘z ishida aniq natijalarga erishadigan, XXI asrda hamma narsaga qodir bo‘ladigan, dunyoga taniladigan, sog‘lom tafakkurga ega bo‘ladigan bo‘lajak o‘qituvchi faoliyatni tashkil etish alohida ahamiyatga ega. Bu borada tarbiya jarayonini boshqarish madaniyatini rivojlantirish, o‘quvchi-yoshlarda axloqiy fazilatlarga ega bo‘lish san’ati va ko‘nikmasini amalga oshirish, ishbilarmon, bilim darajasi, ustozlik mahorati, ongi, jamiyatdagi obro‘si, o‘zini ijobiy tarzda namoyon qilishi, maqsadli ravishda ish olib borishi, dunyoqarashi, tanqidiy fikrlashi, jamoadagi muhitni sezishi, eng muhimi olib borayotgan ish faoliyatini aniq rejalashtirishi, turli-tuman vaziyatlarni tahlil qila olishi, o‘quvchilarning o‘ziga jalb etishi va ishontira olishi, so‘z bilan ish birligini ta’minlashi kabilar o‘qituvchining asosiy kompetensiyalari hisoblanadi. Chunki o‘qituvchi tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda o‘z vazifasini puxta va halol bajarishi, o‘quvchilar faoliyatini takomillashtirish va ularning mas’uliyati va ma’naviyatini yuksaltirishda o‘z samarasini ko‘rsatadi. O‘qituvchining kasb mahorati va zamonaviy tafakkurga ega bo‘lishi, tarbiya jarayonini boshqarishda har tamonlama to‘g‘ri qarorlar qabul qila olishi, belgilangan maqsadlarga erishishda aniq vazifalarni nafaqat ta’lim-tarbiya ishlarini olib borishda, balki jamiyatning taraqqiy etishida katta kuch vazifasini bajaradi. Shuning uchun u avvalo, o‘quvchilarning hayotiy darajalarini puxta bilishi va bu sohada iloji boricha katta tajriba hosil qilishi muhim.
References
1. Jurayev A. Tarbiyaviy darslarni o‘tish. “Tyutor”. –T.: 1994.
2. Kostina, H. A. Tyutor kak soprovojdayuщiy professionalnoe razvitie pedagogov / Kostina N. A. // Sibirskiy uchitel. 2006. -№ 1.-S. 47-48.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng kamrovli isloxotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha ko‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori PQ- 3775 son. 2018 yil 5 iyun.
4. U.I.Mahkamov, Z.M. Mamatqulova. Malaka oshirish jarayonlarida o‘qituvchilarning pedagogik tafakkurini rivojlantirish. Monografiya. – T.: “Fan va texnologiya”, 2017, 180 bet