SUN’IY INTELLEKT ASOSIDAGI EKOLOGIK MONITORING STANSIYALARINI JORIY ETISH ORQALI KORPORATIV IJTIMOIY MAS'ULIYATNI OSHIRISHNING IQTISODIY VA IJTIMOIY SAMARADORLIGI (“O‘ZBEKKO‘MIR” AJ MISOLIDA)
Keywords:
sun’iy intellekt, ekologik monitoring, IoT, ESG, korporativ ijtimoiy mas’uliyat, ko‘mir sanoati, raqamli iqtisodiyot, ekologik xavfsizlik, Big Data.Abstract
Mazkur maqolada “O‘zbekko‘mir” AJ faoliyatida sun’iy intellekt, Internet of Things (IoT), Big Data va avtomatlashtirilgan ekologik monitoring stansiyalarini joriy etishning iqtisodiy, ekologik hamda ijtimoiy samaradorligi tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida korxonaning ekologik monitoring tizimi raqamlashtirilishi natijasida atmosfera havosining ifloslanishini real vaqt rejimida nazorat qilish, ekologik xavflarni prognozlash hamda boshqaruv qarorlarini optimallashtirish imkoniyatlari baholandi. Ekonometrik baholash natijalari ekologik monitoring stansiyalarining joriy etilishi ekologik jarimalarni 44,5 foizga qisqartirish, zararli chiqindilar hajmini 20-25 foizga kamaytirish hamda mahalliy aholi salomatligiga salbiy ta’sirni 20 foizgacha kamaytirishini ko‘rsatdi. Shuningdek, ESG tamoyillarini amaliyotga tatbiq etish korxonaning korporativ ijtimoiy mas’uliyat darajasini oshirish, ishlab chiqarish tannarxini optimallashtirish va investitsion jozibadorligini kuchaytirishda muhim omil ekanligi asoslandi. Tadqiqot natijalari ko‘mir sanoati korxonalarida raqamli transformatsiyani jadallashtirish hamda ekologik barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi. (2024). Ekologik monitoring bo‘yicha yillik hisobot.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi
PF-60-son Farmoni "2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida".
3. O‘zbekiston Respublikasining "Atrof-muhitni muhofaza qilish to'g'risida"gi qonuni
4. “Buyuk kelajak” ekspertlari O‘zbekistoning 2035-yilgacha taraqqiyot strategiyasi konsepsiyasi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni PF-5863-son farmonida 2030 yilgacha atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi.
6. O‘zbekiston Respublikasi “Ekologik harakat” jurnali, 2020 yil.
7. Bowen, H. R. (1953). Social Responsibilities of the Businessman. Harper & Brothers.
8. Carroll, A. B. (1991). The pyramid of corporate social responsibility: Toward the moral management of organizational stakeholders. Business Horizons, 34(4), 39–48.
9. ISO xalqaro 26000:2010 korporativ ijtimoiy mas’ulyat tizimini joriy etish.
10. Friede, G., Busch, T., & Bassen, A. (2015). ESG and financial performance: Aggregated evidence from more than 2000 empirical studies. Journal of Sustainable Finance & Investment, 5(4), 210–233.
11. Porter, M. E., & Kramer, M. R. (2011). Creating shared value. Harvard Business Review, 89(1–2), 62–77.
12. Kshetri, N. (2021). Blockchain and sustainable supply chain management in emerging economies. International Journal of Information Management, 60, 102376.