MAKTAB VA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI RAHBARLARINING KOGNITIV HAMDA EMOTSIONAL XUSUSIYATLARI NAMOYON BO‘LISHINING PSIXOLOGIK OMILLARI
Abstract
Ta’lim tashkiloti rahbarining shaxsiy-psixologik xususiyatlari tashkilot samaradorligini belgilovchi asosiy omillardan biri sifatida e’tirof etiladi. Xususan, Quddus Ibroniy universiteti olimasi Rima Daas o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, 131 nafar maktab direktori va 1279 nafar o‘qituvchi ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqot rahbarning kognitiv anglash darajasi yuqori bo‘lganda tashkiliy o‘rganish mexanizmlari innovatsiya muhiti orqali samaraliroq amalga oshishini ko‘rsatgan. J.L.Floman, A.Ponnok, J.Jeyn va M.Braketlar tomonidan AQSHda o‘tkazilgan 4847 nafar pedagogini qamrab olgan milliy tadqiqotda rahbarning o‘z emotsiyalarini boshqarishi va xodimlarni hissiy qo‘llab-quvvatlashi darajasi o‘qituvchilarning ishdan qoniqish darajasining sezilarli oshishi 0,42–0,49% va kasbiy «kuyishi»ning pasayishi bilan statistik ahamiyatli bog‘liq ekanligi aniqlangan. Biroq mavjud tadqiqotlarning katta qismi umumta’lim maktabi rahbarlariga qaratilgan bo‘lib, maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining o‘ziga xos kognitiv-emotsional xususiyatlari — kichik yoshdagi bolalar va ularning ota-onalari bilan kundalik, yuqori intensivlikdagi hissiy aloqa sharoitida — alohida tahlil obyekti sifatida kam o‘rganilgan. Mazkur tezis ushbu ikki turdagi rahbar faoliyatining psixologik xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilishga bag‘ishlangan.
References
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Maktabgacha va maktab ta'limi tizimida boshqaruv samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-79-son Farmoni, 2023-yil 26-may.
2. A.A.Chaudxari, N.Z.Ali, N.Maqsud, A.Nasarullah va R.J.F.Kalimlim. Ta’lim muassasasi rahbarligi va maktabning psixologik-ijtimoiy muhitida emotsional intellektning o‘rni va ta’siri. Journal of Education and Social Studies, 5(2), 453–461. https://doi.org/10.52223/jess.2024.5225
3. R.Daas, C.Shekter va M.Qadach. Kognitiv salohiyati yuqori bo‘lgan rahbarlar: ta’lim muassasasi direktorlarining innovatsion muhit orqali tashkilotning o‘quv va rivojlanish jarayonlariga ta’siri. Journal of Research on Leadership Education, 18(2), 322–344. https://doi.org/10.1177/19427751221080186
4. J.L.Floman, A.Ponnok, J.Jeyn va M.Braket. Emotsional intellektga ega maktab rahbarligi inqirozdan oldingi va inqiroz davrida pedagoglar farovonligining muhim bashoratchisi. Frontiers in Psychology, 14, 1159382. https://doi.org/10.3389/fpsyg.2023.1159382
5. N.Saydullayeva. Maktabgacha ta’lim tizimida boshqaruvni raqamli transformatsiya qilishning pedagogik mexanizmlari. International Multidisciplinary Journal for Research & Development, 13(5), 673–675.
6. L.Jang, T.Vu, L.Liyu, P.Ren, va C.Lin. Xitoy maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlarining rahbarlik uslublari va pedagoglar liderligi o‘rtasidagi munosabat: psixologik kapitalning mediatorlik rolini tadqiq etish. Frontiers in Psychology, 13, 1006184. https://doi.org/10.3389/fpsyg.2022.1006184