TALABALARDA EMOTSIONAL INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLARIGA DOIR EMPIRIK TADQIQOT VA STATISTIK TAHLIL

Authors

  • Aminova Firdavus Shohrux qizi Qo‘qon universiteti, Pedagogika va psixologiya kafedrasi, Psixologiya yo‘nalishi talabasi

Keywords:

emotsional intellekt, empatiya, temperament, ekstroversiya, nevrotizm, ijtimoiy-psixologik omillar, talaba shaxsi, hissiy o‘zini boshqarish, kognitiv rivojlanish.

Abstract

Mazkur maqola oliy ta’lim tizimida tahsil olayotgan talabalarda emotsional intellektni shakllantirish va rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik omillarini empirik tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqot doirasida talaba shaxsining emotsional intellektual resurslari, xususan, empatiya darajasi hamda temperament xususiyatlari (ekstroversiya va nevrotizm) o‘rtasidagi izchil aloqadorliklar atroflicha o‘rganilgan. Empirik tadqiqotda Qo‘qon universiteti hamda Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumining turli yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 61 nafar birinchi bosqich talabalari ishtirok etdi. Ma’lumotlar N. Xollning “Empatiya” diagnostikasi hamda G. Ayzenkning temperament metodikalari yordamida to‘planib, olingan miqdoriy ko‘rsatkichlar Shapiro-Wilk normal taqsimot testi, Spearman rangli korrelyatsiya tahlili va Mann–Whitney U o‘zaro farq mezonlari yordamida statistik tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari talabalarda umumiy empatik xususiyatlar o‘rtacha darajada ekanligini, empatiyaning ijtimoiy obyektlarga nisbatan namoyon bo‘lishi o‘zaro musbat korrelyatsiyaga egaligini va ekstroversiya xususiyati bilan kuchsiz manfiy aloqadorlikda bo‘lishini ko‘rsatdi. Shuningdek, talabalarda emotsional intellekt ko‘rsatkichlarining jinsiy farqlarga ko‘ra statik jihatdan ahamiyatli bo‘linishga ega emasligi aniqlandi.

 

References

1. Abu Nasr Forobiy. (1993). Fozil odamlar shahri. Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti.

2. Abu Ali ibn Sino. (1992). Tib qonunlari: II jildlik saylanma. Toshkent: Fan.

3. Bar-On, R. (2006). The Bar-On Model of Emotional-Social Intelligence. Psicothema, 18, 13–25.

4. Goleman, D. (1995). Emotional Intelligence. New York: Bantam Books.

5. Imom G‘azzoliy. (2021). Ihyou ulumid din (Din ilmlarini jonlantirish). Toshkent: Hilol Nashr.

6. Izard, C. E. (1991). The Psychology of Emotions. New York: Plenum Press.

7. Karimov, H., & Nishonova, Z. (2018). Shaxs psixologiyasi va emotsional tarbiya masalalari. Toshkent: Fan.

8. Lyusin, D. V. (2004). Sovremennye predstavleniya ob emotsionalnom intellekte. V D. V. Lyusina & D. V. Ushakova (Eds.), Sotsialnyy intellekt. Teoriya, izmereniya, issledovaniya (ss. 29–36). Moskva: Institut psixologii RAN.

9. Nazari, K., & Emami, M. (2012). Hissiy intellekt: tushunish, qo‘llash va o‘lchash. Journal of Applied Sciences Research, 8(3), 1594–1607.

10. Salovey, P., & Mayer, J. D. (1990). Emotional Intelligence. Imagination, Cognition and Personality, 9(3), 185–211.

Downloads

Published

2026-06-08

How to Cite

Aminova Firdavus Shohrux qizi. (2026). TALABALARDA EMOTSIONAL INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLARIGA DOIR EMPIRIK TADQIQOT VA STATISTIK TAHLIL. NEW APPROACHES IN EDUCATION: PEDAGOGY, INNOVATION, AND DEVELOPMENT, 2(06), 194–206. Retrieved from https://worldconferences.us/index.php/nae/article/view/1439