ZAMONAVIY OILADA BOLALAR TARBIYASI VA PSIXOLOGIK QIYINCHILIKLAR: EMPIRIK TADQIQOT VA STATISTIK TAHLIL
Keywords:
oila tizimi, kichik maktab yoshi, zamonaviy oila, psixologik qiyinchiliklar, texnoferensiya, fomping, kognitiv yuklama, tarbiya uslublari.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada globallashuv va transformatsiya jarayonlari ta‘sirida shakllanayotgan zamonaviy oilalarda kichik maktab yoshidagi bolalar tarbiyasining o‘ziga xos tizimli-dinamik jihatlari hamda tarbiya amaliyotida yuzaga kelayotgan dolzarb psixologik qiyinchiliklar ilmiy va empirik jihatdan keng qamrovli tahlil qilingan. Sotsium taraqqiyoti, ota-onalarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligi hamda raqamli texnologiyalarning oilaviy kommunikatsiyaga vertikal va gorizontal ta’siri (texnoferensiya, fomping hodisalari) o‘rganilgan. Tadqiqot doirasida ota-onalarning mobil qurilmalarga mikrotizimli chalg‘ishi bilan ota-onalik munosabatlari va tarbiya tiplari o‘rtasidagi funktsional bog‘liqliklar Spearman korrelyatsiya koeffitsiyenti (rs) hamda gender xususiyatlariga ko‘ra guruhlararo farqlar Mann-Whitney U-testi yordamida statistik tahlil qilingan. Matematik-statistik tahlil natijalari ota-onalarning raqamli chalg‘ishi va ularning bolaga bo‘lgan fundamental emotsional munosabati o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiziqli bog‘liqlik va destruktiv determinatsiya mavjud emasligini, ota-onalik pozitsiyasi ancha barqaror makrotuzilma ekanligini ko‘rsatdi. Maqolada avlodlararo kommunikativ va kognitiv uzilishlarni bartaraf etish, bolalarda sog‘lom shaxsiyat poydevorini shakllantirish hamda maktab va oila hamkorligini optimallashtirish bo‘yicha tizimli amaliy-psixologik tavsiyalar majmuasi ishlab chiqilgan.
References
1. Adler, A. (1930). Shaxs psixologiyasi. Berlin.
2. Abdukaxorovna, GE (2023). Ta'limni rivojlantirishda psixologiyaning roli. Konferensiya, 7 (1), 65-68.Davletshin, M. G‘. (2002). Yosh davrlari psixologiyasi. O‘qituvchi.
3. Davletshin, M. G‘. (2016). Ta’lim psixologiyasi. Fan va texnologiya.
4. G‘oziyev, E. (2002). Umumiy psixologiya. O‘qituvchi nashriyoti.
5. Karimova, V. M. (2005). Oila psixologiyasi. Sharq nashriyoti.
6. Karimova, V. M. (2010). Zamonaviy o‘zbek oilasi psixologiyasi. Toshkent.
7. Karimova, V. M. (2015). Oila psixologiyasi. Toshkent.
8. Kwon, M., Lee, J. Y., Won, W. Y., Park, J. W., Min, J. A., Hahn, C., & Gu, X. (2013). Development and validation of a smartphone addiction scale (SAS). PLoSONE,8(2),e56936. https://doi.org/10.1371/journal.pone.0056936
9. Laptenok, S. D. (2010). Oila sotsiologiyasi. Moskva.
10. McDaniel, B. T., & Coyne, S. M. (2016). «Technoferference»: Longitudinal associations between parent technology use, parent-child relationships, and child behavior problems. Pediatric Research, 80(4), 498-504.
11. Shoumarov, G‘. B. (2008). Oila psixologiyasi. Sharq nashriyoti.
12. Turdiyeva, N. G‘. (2023). Ota-ona va farzand tarbiyasi o‘rtasidagi munosabatlarning psixologik ahamiyati. Scientific Platform, 4(1), 89–95.
13. Vygotskiy, L. S. (1978). Bola psixologiyasi. Moskva.
14. Yurkevich, N. G. (2005). Oilaviy munosabatlar psixologiyasi. Moskva.