O‘SMIRLARDA SURUNKALI GIPERTROFIK GINGIVITNI ERTA DIAGNOSTIKA QILISHNING KLINIK-PATOGENETIK ASOSLARI
Keywords:
gipertrofik gingivit, o‘smirlar, erta diagnostika, patogenez, biofilm, mikrobiotsenoz, gingival indeksAbstract
Mazkur ilmiy tezis o‘smirlar orasida uchraydigan surunkali gipertrofik gingivitni erta bosqichlarda aniqlashning klinik, patogenetik va zamonaviy diagnostik asoslarini kompleks o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda gingival to‘qimalarning morfofunksional o‘zgarishlari, pubertat davriga xos gormonal siljishlar, dental biofilm va mikrobiotsenozning roli chuqur tahlil qilindi. Diagnostik jarayonda klinik indekslar, funksional testlar, mikrobiologik va qisman instrumental usullar qo‘llanilib, ularning sezuvchanligi va spetsifikligi baholandi. Olingan natijalar erta diagnostika algoritmini ishlab chiqish va kasallikning progresiyasini oldini olishda muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatdi.
References
Newman M., Takei H. Carranza’s Clinical Periodontology. – Elsevier, 2019.
Lindhe J., Lang N. Clinical Periodontology and Implant Dentistry. – Wiley, 2015.
Kinane D.F. Causation and pathogenesis of periodontal disease // Periodontology 2000.
Löe H. Gingival index system // J. Periodontology.
Булкина Н.В. Пародонтология. – М., 2013.
Грудянов А.И. Заболевания пародонта. – М., 2009.
Chapple I.L.C. Periodontal health and gingival diseases // J. Clin. Periodontology.