OLIY TA’LIMDA KOMPETENTLI YONDASHUV ASOSIDA TABIIY FANLARNI O’QITISH SIFATINI OSHIRISH
Keywords:
kompetentlik yondashuvi, oliy ta’lim, tabiiy fanlar, ta’lim sifati, kasbiy kompetensiya, STEAM ta’limi.Abstract
Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimida kompetentlik yondashuvi asosida tabiiy fanlar ta’limi sifatini oshirish masalalari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil etilgan. Jamiyatning barqaror rivojlanishi, innovatsion iqtisodiyot va globallashuv sharoitida bo‘lajak mutaxassislardan nafaqat fundamental bilimlarga ega bo‘lish, balki ularni amaliy faoliyatda samarali qo‘llay olish kompetentligini shakllantirish zarurati asoslab berilgan. Maqolada an’anaviy bilimdonlik yondashuvining cheklangan jihatlari ochib berilib, kompetentlik yondashuvining tabiiy fanlar ta’limi samaradorligini oshirishdagi pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, davlat ta’lim siyosati, xalqaro baholash dasturlari va STEAM ta’limi kontekstida kompetentlik yondashuvining dolzarbligi asoslangan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–5847-son Farmoni. (2019). Oliy ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasi (2030-yilgacha). Tashkent.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–60-son Farmoni. (2022). Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi (2022–2026). Tashkent.
3. Alimova, G. (2021). Ekologik ta’lim va tarbiya nazariyasi: o‘qituvchilar uchun qo‘llanma.
Toshkent: Fan nashriyoti.
4. Karimov, B. (2022). Tabiiy fanlar o‘qituvchilarining ekologik madaniyatini rivojlantirishda innovatsion texnologiyalar. O‘zbekiston pedagogika jurnali, 3(2), 45–53