O‘zbekiston hududida kulolchilik an’analarining shakllanishida tabiiy-geografik va ekologik omillarning o‘rni

Authors

  • Bobir Odilov TDSHU dotsenti, PhD

Keywords:

Kalit so‘zlar: Kulolchilik, ekologik omillar, tabiiy resurslar, gil tuproq, Rishton kulolchilik maktabi, sopol buyumlar, hunarmandchilik, ishlab chiqarish texnologiyasi, tuproq sho‘rlanishi, an’anaviy san’at.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekiston hududida qadimdan rivojlanib kelgan kulolchilik hunarining shakllanishi va taraqqiyotida tabiiy-geografik hamda ekologik omillarning tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda sug‘orma dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikning o‘zaro bog‘liqligi natijasida kulolchilik ishlab chiqarishining jamiyat hayotidagi ahamiyati yoritiladi. Kulolchilik buyumlarining dastlab xo‘jalik ehtiyojlarini qondirish vositasi sifatida paydo bo‘lgani, keyinchalik esa estetik va madaniy qadriyat darajasiga ko‘tarilgani ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, turli hududlarda mavjud tuproq turlari, iqlim sharoiti, tabiiy resurslar hamda ishlab chiqarish texnologiyasidagi farqlar natijasida kulolchilik markazlarida o‘ziga xos uslub va an’analar shakllangani misollar asosida ochib beriladi. Rishton, Xorazmning Kattabog‘ va Xonqa hududlari misolida xom ashyo sifati, loy tayyorlash texnologiyasi va pishirish haroratidagi farqlar kulolchilik mahsulotlari xususiyatlariga qanday ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilinadi. Shu bilan birga, ekologik muammolar, xususan tuproq sho‘rlanishi va tabiiy muvozanat buzilishining kulolchilik hunarining kelajakdagi rivojiga salbiy ta’siri masalasi ham muhokama etiladi. Tadqiqot natijalari kulolchilikning ekologik muhit bilan uzviy bog‘liqligini ko‘rsatadi.

Downloads

Published

2026-02-18

How to Cite

Bobir Odilov. (2026). O‘zbekiston hududida kulolchilik an’analarining shakllanishida tabiiy-geografik va ekologik omillarning o‘rni. NEW APPROACHES IN EDUCATION: PEDAGOGY, INNOVATION, AND DEVELOPMENT, 2(2), 79–83. Retrieved from https://worldconferences.us/index.php/nae/article/view/1048