OILALARDA INTERNETGA TOBELIKNING BUGUNGI KUNDAGI HOLATI

Authors

  • Kushakova Nargiza Islambayevna Nizomiy nomidagi O‘zMPU Amaliy psixologiya kafedrasi dotsenti v.b., p.f.n b.PhD

Abstract

Zamonaviy dunyoda internet va raqamli texnologiyalar hayotning ajralmas qismiga aylandi. Ular ta’lim, aloqa va ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirishda muhim rol o‘ynasa-da, ularning oilaviy hayotga ta’siri, ayniqsa, internetga tobelik muammosi jiddiy e’tibor talab qilmoqda. Oilalar ichidagi munosabatlar, ma’naviy-axloqiy muhit va an’anaviy qadriyatlarning saqlanishi bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar va virtual platformalarning haddan ziyod ko‘p ishlatilishi tufayli xavf ostida qolmoqda. Telefonlar, YouTube, Telegram, Instagram va Facebook kabi platformalar oila a’zolarining o‘zaro muloqotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, ko‘pincha yuzma-yuz munosabatlarni kamaytirib, hissiy aloqalarni zaiflashtirmoqda.

Downloads

Published

2025-12-10

How to Cite

Kushakova Nargiza Islambayevna. (2025). OILALARDA INTERNETGA TOBELIKNING BUGUNGI KUNDAGI HOLATI. INTEGRATION OF EDUCATION AND SCIENCE: GLOBAL CHALLENGES AND SOLUTIONS, 1(2), 990–993. Retrieved from https://worldconferences.us/index.php/iesg/article/view/729