Rassom-kulol Abduvohid Karimovning Buxoro kulolchilik maktabi an’analarini tiklashga qo‘shgan hissasi

Authors

  • Bobir Odilov Oriental universiteti dotsenti, PhD

Keywords:

Kalit so‘zlar: Abduvohid Karimov, Buxoro kulolchilik maktabi, moviy sopol, ishqoriy sir, frit (ishqor-novvot), potash, koshinkorlik, texnologik rekonstruksiya, ustoz–shogird an’anasi, madaniy meros, restavratsiya, etnobotanik xomashyo, pishirish rejimi, ramziy-estetik tizim.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur maqolada rassom-kulol Abduvohid Karimovning Buxoro kulolchilik maktabi an’analarini tiklash yo‘lidagi ijodiy va ilmiy-amaliy izlanishlari tahlil qilinadi. Xususan, “Buxoro moviy sopoli” fenomenining tarixiy uzilish sabablari hamda ishqoriy sir texnologiyasini qayta tiklash jarayonida usta tomonidan qo‘llangan metodik yondashuvlar yoritiladi. Maqolada ishqor manbalari (o‘simliklar), ularni yig‘ish-yoqish orqali frit (“ishqor-novvot”) olish, sir tayyorlash va pishirish rejimlarini amaliy rekonstruksiya qilish tajribalari, shuningdek, yozma manbalar va ustozlar xotirasi bilan bog‘liq dalillar asosida tiklanish jarayonining ilmiy ishonchliligi ko‘rsatib beriladi. Bundan tashqari, Buxoro me’moriy bezagi (koshinkorlik) va kulolchilik texnologiyalarining uyg‘unligi, restavratsiya amaliyotlari hamda xalqaro hamkorlik kontekstida Karimov faoliyatining madaniy merosni saqlash va qayta ishlab chiqarishdagi o‘rni asoslanadi.

Downloads

Published

2026-02-18

How to Cite

Bobir Odilov. (2026). Rassom-kulol Abduvohid Karimovning Buxoro kulolchilik maktabi an’analarini tiklashga qo‘shgan hissasi. INTEGRATION OF EDUCATION AND SCIENCE: GLOBAL CHALLENGES AND SOLUTIONS, 2(2), 86–91. Retrieved from https://worldconferences.us/index.php/iesg/article/view/1075