SHAHAR SHAROITIDA TRANZITOR ISHEMIK HUJUM O‘TKAZGAN BEMORLARNING STRESSGA MOSLASHUV MEXANIZMLARI VA ULARNING KOGNITIV FUNKSIYALARIGA TA’SIRI
Keywords:
Tranzitor Ishemik Hujum (TIH), Miya qon aylanishining buzilishi, Nevrologik simptomlar, Stroke xavfi, Shahar muhiti, Stress omillari, Tiklanish jarayoni, Toshkent shahri, Nevrologiya klinikasi, Bemorlar, Gipertoniya, 2-tur diabet, Yurak-qon tomir kasalliklari, Brief COPE, Stressga moslashuv strategiyalari, Faol strategiyalar, Passiv strategiyalar,Abstract
Tadqiqotda tranzitor ishemik hujum (TIH) va uning shahar sharoitida yashovchi bemorlarning stressga moslashuv mexanizmlari hamda kognitiv funksiyalariga ta’siri o‘rganildi. TIH — miya qon aylanishining vaqtinchalik buzilishi bo‘lib, nevrologik simptomlar odatda qisqa muddatda tiklanadi, ammo stroke xavfini oshiradi. Shahar muhiti stress omillarini ko‘paytirib, tiklanishga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Tadqiqotda Toshkentdagi nevrologiya klinikasida so‘nggi 6 oyda TIH tashxisi qo‘yilgan 50 bemor ishtirok etdi. Stressga moslashuv strategiyalarini aniqlash uchun Brief COPE, kognitiv funksiyalarni baholash uchun esa MoCA testi ishlatildi. Gipertoniya, diabet va yurak-qon tomir kasalliklari fon kasalliklari sifatida hisobga olindi. Tadqiqot shahar sharoitida TIHdan keyingi kognitiv tiklanish va stress boshqaruvi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatdi.
References
1. Carver, C. S. (1997). You want to measure coping but your protocol’s too long: Consider the brief COPE. International Journal of Behavioral Medicine, 4(1), 92–100.
2. Easton, J. D., Saver, J. L., Albers, G. W., Alberts, M. J., Chaturvedi, S., Feldmann, E., ... & Sacco, R. L. (2009). Definition and evaluation of transient ischemic attack: a scientific statement for healthcare professionals from the American Heart Association/American Stroke Association Stroke Council. Stroke, 40(6), 2276-2293.
3. Lederbogen, F., Haddad, L., & Meyer-Lindenberg, A. (2011). Urban living and mental health. Neuroscience & Biobehavioral Reviews, 47, 1-11.
4. McEwen, B. S. (2017). Neurobiological and systemic effects of chronic stress. Chronic Stress, 1, 1-11.
5. Nasreddine, Z. S., Phillips, N. A., Bédirian, V., Charbonneau, S., Whitehead, V., Collin, I., ... & Chertkow, H. (2005). The Montreal Cognitive Assessment, MoCA: a brief screening tool for mild cognitive impairment. Journal of the American Geriatrics Society, 53(4), 695-699.